1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda xavfli virus tarqalyaptimi?

Holat bo‘yicha Sanepidqo‘mita maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda xavfli virus tarqalyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani va kasallik ko‘proq bolalarga taʼsir qilib, ularda pnevmoniyani keltirib chiqarayotganiga doir xabarlar tarqalmoqda.

 

Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovga ko‘ra, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan respirator kasalliklar mavsumiy xarakterga ega. Kuz-qish davrida ularning ko‘tarilishi kuzatiladi va bundan zinhor xavotirga tushish kerak emas.

 

Hozir kuzatilayotgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olish jarayonini esa tabiiy holat, deb qabul qilish zarur.

 

“Bugungi kunda mamlakatimiz hududida tibbiyot uchun notanish va nomaʼlum bo‘lgan viruslar aylanib yurishi qayd etilgani yo‘q. Aniqlanayotgan kasalliklarning aksariyati mavsumiy respirator xastaliklardir”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика