O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aktrisa 1954 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan. 2011-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan.
Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 1993 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatgan. U o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va xarakterli obrazlarni mahorat bilan ijro etgan.


