Prezident o‘z nutqida tadbirkorlarga bo‘layotgan eʼtiborni yana-da oshirish maqsadida yangi unvon taʼsis etishni taklif qildi.
“Bizda quruvchi, madaniyat, taʼlim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud.
Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning eʼtibordan chetda qolgani adolatdan emas.
Shu bois, ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etishni taklif qilaman”, — dedi Prezident ochiq muloqotda.


