Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan.
Shundan 164 ta holatda qizamiq aniqlangan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.
Hozirda O‘zbekistonda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo‘lib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
JSST maʼlumotlariga ko‘ra, emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023-yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat keskinlashgan.


