Kecha, 18-yanvar kuni Yangi Centrum Air milliy aviakompaniyasining ikkita samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati maʼlum qildi. Vilnyusdan soat 19:07 va 19:18 da yetib kelgan samolyotlarni aviakompaniya rahbariyati, jurnalistlar va aviaspotterlar tantanali ravishda kutib olgan.
Ikkita Airbus A320-232 Centrum Air kompaniyasining birinchi yo‘lovchi samolyoti bo‘lgani qayd etilmoqda. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo‘lovchi borti — Boeing 737‘ni sotib olishni rejalashtiryapti.
Centrum Air arzon narxlarda tashuvchi bo‘lib, uning maqsadi hamyonbop ichki va xalqaro reyslarni taʼminlash» va raqobatbardosh sifatga erishishdan iborat.
Aerospace Lad maʼlumotlariga ko‘ra, Centrum Air aviakompaniyasi My Freighter xususiy yuk tashuvchi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.


