1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etildi

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etildi

 

Prezident farmoni bilan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti tashkil etildi. Unga ko‘ra, universitet davlat OTM hisoblanib, faoliyati «Hub and Spoke» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.

 

Universitetning asosiy vazifalari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining muhim ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy muammolarini hal etishga qodir mutaxassislar, olim, tadqiqotchi, rahbar va tadbirkorlarni tayyorlash hisoblanadi. Universitetda taʼlim davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etilib, o‘quv jarayoni:

 

kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;

o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.


Maʼlum qilinishicha, TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqa sertifikatlariga ega abituriyentlar tegishli fanlardan eng yuqori ball oladi va ushbu fanlardan imtihondan ozod qilinadi.

 

Shuningdek, 2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

 

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming so‘m), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 million 980 ming so‘m) stipendiyalar tayinlanadi.

 

Universitetni tamomlagan O‘zbekiston fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga, 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgandan keyin – mutaxassisligi bo‘yicha rahbar lavozimlarga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика