1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq tug‘ildi?

Bu bo‘yicha SSV raqamlarni maʼlum qildi.

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq tug‘ildi?

 

2023 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishcha, ularning 687 nafari o‘g‘il, 625 nafari qiz farzand. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) kuzatilgan.

 

 Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni: 

—Qashqadaryo viloyati (169 nafar),

—Namangan viloyati (137 nafar),

—Surxondaryo  viloyati (133 nafar),

—Samarqand viloyati (121 nafar) band etdi. 

 

 Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (35  nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Tug‘ilganlarning 7 nafari egizaklar. Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика