1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yil davomida 7 ta elektr stansiya ishga tushirildi

Natijada 545 nafar yangi ish o‘rni yaratilgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda yil davomida 7 ta elektr stansiya ishga tushirildi

 

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida yurtimizda umumiy quvvati 1 374 megavatt bo‘lgan 6 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Xususan:

 

  • Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
     
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;
     
  • Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;
     
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
     
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
     
  • Samarqand viloyatining Nuborod tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
     
  • Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

 

Ushbu 7 ta elektr stansiya yiliga 11 milliard 300 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 503 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

 

Stansiyalar qurilishi davomida 3 960 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, ular ishga tushishi natijasida 545 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика