1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonda yog‘ eksporti taqiqlab qo‘yildi

Ushbu taqiq 1-iyundan amal qiladi.

O‘zbekistonda yog‘ eksporti taqiqlab qo‘yildi

 

Yaʼni Prezidentning tegishli farmoni bilan bugundan, quyidagilarni O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlanadi

 

– o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘i, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022-yil 1 iyunga qadar oldindan to‘lovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, O‘zbekiston “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;

– kungaboqar urug‘lari (TIF TH kodi 1206 00) hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalari (TIF TH kodi 1207), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.

 

Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda yetarli hajmi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика