1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistondagi eng baland nuqtada joylashgan saylov uchastkasini bilasizmi?

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga sanoqli kunlar qoldi.

O‘zbekistondagi eng baland nuqtada joylashgan saylov uchastkasini bilasizmi?

 

Maʼlumki, O‘zbekistonning eng baland nuqtasi — Hazrati Sulton cho‘qqisidir. U joy  dengiz sathidan 4646 metr balandlikda joylashgan. Mazkur hududga yaqin aholi yashash punkti Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘i bo‘lib, qishloq va cho‘qqi o‘rtasidagi masofa 18 kilometrni tashkil qiladi.

 

Qishloq mutaxassislar tomonidan dengiz sathidan qariyb 2400 metr balandlikda deb eʼtirof etiladi.

 

Bu yerda 765 nafar aholi istiqomat qiladi. Ular shu qishloqda joylashgan 64-maktab binosida tashkil qilingan 920-saylov uchastkasida ovoz berishda ishtirok etadi. Saylovchilarning 27 nafari saylovda ilk marta qatnashayotgan yoshlardan iborat.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar Prezident saylovida qanday ishtirok etishi maʼlum qilingandi.

 

    

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика