1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi

Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi

 

 

Bugundan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar berdi.

 

Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturrahmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK o‘rtasida “Hayraton-Mozori Sharif” temir yo‘lini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

 

Shu bilan birga tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Hayraton stansiyasiga yetkazib berish qayta tiklandi.

 

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

 

Eslatib o‘tamiz, 1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bunga Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi “harakatlar rejasi” bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagani sabab bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика