Saudiya Arabistonidagi Abdullatif Andijoniy O‘zbekistondagi ko‘zi ojiz shaxslar uchun 10 dona brayl alifbosida chop etilgan Qurʼoni Karimning tafsirini taqdim etdi.
Abdullatif Andijoniy mazkur muqaddas kitoblarni O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakatga yetkazib berish uchun topshirdi.
Mazkur beg‘araz yordam shaklida berilgan kitoblar 26x36 hajmdagi 20 dona qutilarga joylashtirilgan. Mamlakat diplomatik vakolatxonasi ko‘magida kitoblar O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatiga taqdim etiladi.


