O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln. dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Yurtimizga 10 ta davlatdan telefon import qilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, O‘zbekiston 5 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
· Xitoy – 846 504 dona
· Vyetnam – 128 407 dona
· Hindiston – 73 371 dona
· BAA – 47 112 dona
· Qozog‘iston – 4030 dona
· Koreya – 1 586 dona
Qo‘mita oylar kesimida ham telefon importi miqdorini maʼlum qilib o‘tdi:
Unga ko‘ra;
— yanvar – 129 766 dona
— fevral – 284 461 dona
— mart – 286 056 dona
— aprel – 276 362 dona
— may – 124 393 dona