Gidrometeorologiya xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq, baʼzi joylarda 1-2° iliqqacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuqdan 1° iliqqacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo‘ladi.


