Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning o‘tgan olti oy mobaynida 60 744 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari berilgan, shundan 32 477 tasi elektron tarzda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, chet elda qiyin vaziyatlarda qolgan, jumladan, odam savdosi qurboni bo‘lgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 523 nafar fuqarolari vatanga qaytarildi, 113 nafari vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi.
Bundan tashqari, pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 133 nafar O‘zbekiston fuqarosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarib olib berildi.


