1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

O‘zbekistonga maymunchechak kirib kelishi ehtimoli mavjud

Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida tarqalayotgan maymun chechagi infeksiyasi xususida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bir qator maʼlumotlar berdi.

O‘zbekistonga maymunchechak kirib kelishi ehtimoli mavjud

 

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu maymun chechagi virusi avvaldan fanga maʼlum virus hisoblanadi, har yili Afrika davlatlarida qayd etilib boriladigan kasallik bo‘lib, pandemiya holatini yuzaga keltirish xavfi pastligi taʼkidlanmoqda. Shuningdek, maymun chechagi virusi DNK tutuvchi bo‘lib, mutatsiyaga uchramaydi. Ushbu kasallik 2003-yilda aqsh, 2017—2019-yillarda Nigeriya, 2018-yilda Buyuk Britaniyada qayd etilgan, o‘lim holati juda kam uchragan”, — deydi Nurmat Otabekov.

 

Shuningdek, maymun chechagi kasalligi tabiiy o‘choqli, zoonoz kasallik bo‘lib, Markaziy va G‘arbiy Afrikaning ayrim hududlariga xos hisoblanadi. Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, kasallik birinchi navbatda Afrikaning epidemik noxush bo‘lgan hududlariga borgan fuqarolar o‘rtasida qayd etilib, keyinchalik bemor odamdan sog‘lom odamga yuqish holatlari aniqlangan.

 

“Kasallikni O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli mavjud, biroq maymun chechagi kasalligi qayd qilingan Yevropa mamlakatlarida bemorlarni muloqotdagilariga nisbatan alohidalash choralari olib borilayotgani, mamlakatimiz katta yoshdagi (1980-yildan avval tug‘ilgan aholi) aholisi chechakka qarshi rejali emlashni olgani sababli keng tarqalish xavfi past darajada deb baholanmoqda”, — degan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика