Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 26 754 208 dozani tashkil qilmoqda. Ularning nomi va soni quyidagicha keltiriladi:
1 594 480 doza AstraZeneca;
20 499 668 million doza ZF-UZ-VAC2001;
460 000 doza «Sputnik V»;
3 000 060 doza Moderna;
1 200 000 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 19 197 082 doza vaksinadan foydalanildi.To‘liq emlangan fuqarolar 4 007 732 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga yana 365 ming doza koronavirusga qarshi vaksina olib kelingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


