1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish uch baravar oshiriladi

Rossiya gazining tashish hajmini 2024-yilda 3,8 milliard kub metrga oshirish belgilanmoqda.

O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish uch baravar oshiriladi

 

O‘zbekistonga 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazini yetkazib berish hajmi 2023-yilga nisbatan qariyb uch barobar ortadi.

 

“Gazprom” va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Rossiya gazining O‘zbekistonga yillik tashish hajmini 2023-yildagi 1,28 milliard kub metrdan 2024-yilda 3,8 milliard kub metrga oshirish belgilandi, — deyiladi xabarlarda.

 

2023-yil 7-oktabrdan O‘zbekiston Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvurida Rossiyadan gaz importini boshlagan edi. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko‘ra, kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

 

O‘zbekiston hukumatining “2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024—2030-yillarda magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish dasturi birinchi bosqichida 500 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 million kub metrgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика