1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekistonga tog’li hududlar uchun moslashgan elektrovoz olib kelindi

Xitoyda ishlab chiqarilgan ushbu elektrovoz soatiga 120 km  tezlikda harakatlana oladi.

O’zbekistonga tog’li hududlar uchun moslashgan elektrovoz olib kelindi

 

Xitoyning “CRRC Group” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrovozlar O’zbekistonning iqlim sharoitiga moslangan. Mazkur transport tog’ning murakkab relyefli hududida joylashgan “Termiz mintaqaviy temiryo’l uzeli”da temiryo’l tashuvlarini amalga oshirishda ancha qo’l keladi. 

 


2 seksiyadan iborat mazkur elektrovozlar ob-havoning barcha sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga ko'ra, ushbu turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 km.gacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati – 40 yil.  

 

Elektrovoz TOSHIBA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan  TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jihozlangan. Ushbu tizim elektravozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga o‘z vaqtida xabar beradi. Ya’ni elektravozning elektron uskunalarining holati, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlarining holati, tormoz tizimi, xavfsizlik tizimi, radioaloqa tizimi va boshqa tizimlarning sozligini monitor orqali ko‘rsatib turadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика