O‘zbekistonga AQSHda ishlab chiqarilgan “Johnson & Johnson” vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, COVAX dasturi doirasida 419950 doza “Johnson & Johnson” vaksinasi keltirilgan. Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 72 372 403 dozaga yetgan.


