“O‘qituvchilar almashinuvi Koreya — O‘zbekiston 2024” loyihasi uchun pedagoglar tanlab olinadi. Unga ko‘ra, mazkur loyihada ishtirok etish uchun oliy ma’lumotli hamda ta’lim muassasasida koreys tilidan dars beruvchi o‘qituvchilar ariza topshirishi mumkin. Loyiha bo‘yicha 5 nafar o‘qituvchi tanlab olinadi. Ular Koreyada 2024 yilning 1 martidan 2025 yilning 28 fevraliga qadar faoliyat yuritadi. Nomzodlar uchun talablar:
-
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
-
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritishi;
-
Koreys tilini yaxshi bilishi;
-
Koreys tilidan (TOPIC) sertifikatiga, Ta’lim markazi yoki King Sejong institutida koreys tili kurslarini tamomlaganlik sertifikatlari va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lishi;
-
Oldingi ish joyiga qaytgandan keyin kamida 4 yil ishlashi (majburiy);
-
Koreya vizasini olishda cheklovlar bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi kerak.


