-52 kg vazndagi o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova nufuzli musobaqa g‘olibasiga aylandi. Olimpiya o‘yinlari sovrindori, italiyalik Odette Gyuffridani vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan Diyora finalda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lhagvasurendan ustun keldi.
Diyora Keldiyorova oltin medal bilan birga qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.
Shundan 500 ochko Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qo‘shiladi.


