1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada baxtsiz hodisaga uchradi

Hozirda u aviareys orqali vatanga qaytarilgan.

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada baxtsiz hodisaga uchradi

Rossiya viloyati Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uchradi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari Tyumendagi "CZ GK SBK“,” Shveynaya fabrika Zapadno-Sibirskaya Manufaktura", "Stalmost" korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

 

Joriy yil Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uchrab, tibbiy tez yordam mashinasida "Gorodskaya Mariinskaya bolnitsa" shifoxonasiga yotqizilgan.

 

Natijada fuqaro moliyaviy qiyin ahvolda qolib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga murojaat qiladi. Fuqaro tibbiy guruh nazorati ostida, yotiq holatda Sankt-Peterburg – Toshkent aviareysi orqali vatanga qaytarildi, deyiladi xabarda. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика