23 yoshli Mohira Boltayeva kimyo fani bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rahbari hisoblanadi. U o‘quvchilik paytida kimyo fanidan xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan. Hozirda ustozlik qilib, o‘quvchilarni xalqaro fan olimpiadasiga tayyorlaydi.
O‘zbekistonda 2019 yildan buyon xalqaro fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga hamda ularning ustozlariga pul mukofotlari berish yo‘lga qo‘yilgan.
Mohira ham 3 yildan buyon shogirdlarining muvaffaqiyati sababli ana shunday pul mukofotlarini oladi. U 2022, 2023 va 2024 yillarda jami 900 mln so‘m mukofot olgan.


