Zilziladan talafot ko‘rgan Turkiyaga yetib borgan O‘zbekiston FVV bo‘linmalari Xatay provinsiyasining Ovakenti va Jumabozorida qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Ishlar 24 soat uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qutqaruvchilarga UMKE tashkiloti mutaxassislari yordam bermoqda.
Ushbu FVV bo‘linmalari tomonidan 8 fevral soat 08:00 holatiga ko‘ra vayronalar ostidan 9 kishi (5 nafar erkak va 4 nafar ayol) tirik holda qutqarildi hamda 12 kishining jasadi olib chiqildi.


