1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekistonlik sportchi 3 yilga sportdan chetlashtirildi

Unda taqiqlangan “Klomifen” moddasi borligi aniqlangan.

O‘zbekistonlik sportchi 3 yilga sportdan chetlashtirildi

 

O‘zbekiston "Roving&Sanoe" federatsiyasi sportchisi Holmurodov Shohmuroddan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klomifen” moddasi borligi aniqlangan.

 

Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari spotrchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

 

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика