O‘tgan hafta Moskvada joylashgan “Maxima Stables” ot sporti klubida “Maxima Masters” hamda “Maxima Masters Team” musobaqalarining II-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
30-yanvar kuni o‘tkazilgan ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Maxima Masters” musobaqasi 2-bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda iqtidorli sportchi Begzod Qurbonov belgilangan marshrutni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi.
Chavandoz balandligi 140 sm bo‘lgan to‘siqdan "King Cornett" laqabli otida yaxshi natija ko‘rsatdi. Bundan tashqari, “MATS” laqabli jangovar oti bilan yaxshi natijani qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti bo‘yicha bo‘limlar ochilgani hamda Bo‘stonliqda “Snow Polo Amirsoy CUP-2022” musobaqasi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.


