O‘zbekistonlik tennischi Kamilya Raximova Fransiyaning Anje shahrida bo‘lib o‘tgan WTA 125 turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Final bahsida u germaniyalik Tamara Korpachni 6:3, 7:6 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.
Ma’lumot uchun, Kamilya Raximova yaqinda musobaqalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok etishni boshlagan edi. Mazkur g‘alaba uning milliy terma jamoa sharafini himoya qilgan holdagi ilk yirik yutug‘i bo‘lib tarixga kirdi.


