Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum bir erkak o‘smir yigitni do‘pposlab, unga tan jarohatlari yetkazayotganligi tasvirlangan videolavha tarqaldi. IIV holat Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan o‘rganilayotganini qayd etdi.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat respublika hududidan tashqarida sodir etilganligi bo‘yicha birlamchi tezkor maʼlumot olingan.
"Hozirda departament xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda videolavhada aks etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ularning natijasi yuzasidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash choralari ko‘riladi", - deyiladi xabarda.


