1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS olish bo‘yicha ma’lumotlari ochiqlandi

To'rt yil ichida 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS olish bo‘yicha ma’lumotlari ochiqlandi

 

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

 

7-8 ball (C1 daraja) qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafar, 2024-yil holatiga esa 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

 

8,5-9 ball (C2 daraja) qayd etganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика