1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonliklar ikki yil ichida qancha oltin quymalar sotib olgan?

Hududlar kesimida ularni sotish bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklar ikki yil ichida qancha oltin quymalar sotib olgan?

 

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, 2021–2023 yillarda Markaziy bank tomonidan 5 xil mavzuga bag‘ishlangan jami 3 550 tirajda oltin (umumiy vazni – 72 kg, tangalar vazni – 15, 20, 31,1 gramm) va 3 900 tirajda kumushdan (umumiy vazni – 121 kg, tangalar vazni – 31,1 gramm) tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi.

 

Aholi tomonidan numizmatika, kolleksiyalash, investitsiya hamda jamg‘arish maqsadida sotuv shoxobchalari orqali 2 951 dona (83 foiz) oltin va 3 864 dona (99 foiz) kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotib olindi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida aholiga investitsiya va jamg‘arish maqsadlarida sotuv shoxobchalari orqali 13 130 dona (umumiy vazni – 255 kg) o‘lchovli oltin quymalari sotilgan.

1 sentyabr holatiga ko‘ra, aholi qo‘lida bo‘lgan har bir turdagi quymalar soni quyidagicha:

5 grammli - 3 793 donmagazina, umumiy og‘irligi 19 kg;

10 grammli - 3 854 dona, 39 kg;

20 grammli - 2 545 dona, taxminan 51 kg;

50 grammli - 2 938 dona, 147 kg.

 

Hududlar kesimida o‘lchovli oltin quymalarni sotish bo‘yicha Toshkent shahrida tashkil etilgan sotuv shoxobchalari yetakchilik qilib, Toshkent shahrida sotilgan quymalar soni 9 894 donani (jami muomalaga chiqarilgan quymalarning 75 foizi) tashkil etmoqda.

 

Hozirda o‘lchovli quymalarni 151 ta sotuv shoxobchasi orqali sotib olish va qaytarib sotish imkoniyati mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2018 yildan boshlab oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarining sotuvini yo‘lga qo‘ydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика