1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar qo‘lida qancha dollar bor?

Markaziy bank raisi bu bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

O‘zbekistonliklar qo‘lida qancha dollar bor?

 

Ayni daqiqalarda Senatning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning hisoboti tinglandi. Yalpi majlisda Markaziy bank raisiga aholining banklarga valyuta ko‘rinishidagi omonatlarni qo‘yishi o‘tgan yilgiga qaraganda 9 foizga kamaygani va bu nima bilan bog‘liq ekani so‘raldi.

 

Nurmuratovga ko‘ra, haqiqatda hisobot davrida O‘zbekiston banklaridagi depozitlar tizimida o‘zgarishlar kuzatilgan. Aholining umumiy omonatlari 1,7 barobarga oshganida valyutadagi muddatli omonatlarda kamayish sodir bo‘lgan.

 

"Buni dedollarizatsiya bilan izohlash mumkin. Yaʼni aholining valyuta kursidagi kichik darajada tebranishning saqlanib qolishi va omonatlar bo‘yicha foizlarning jozibadorligi 21-22 foiz oralig‘ida shakllanishi valyutadagi mablag‘larini olib so‘mda depozit qo‘yishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirmoqda. Bu amaliyotda ko‘rilyapti. Buni yaxshi holat deb baholash mumkin. Bu vaziyatni odamlar valyutasini uyida saqlayapti deb qarash ham kerak emas. Ammo maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda aholining qo‘lida qariyb 12 mlrd AQSH dollari bor. Biz hozir bularning hammasini jalb qila olmaymiz. Lekin yuqorida aytilganidek, odamlar dollarlarini so‘mga almashtirib muddatli depozitlarga qo‘yishni boshlagan va bu biz uchun quvonchli hol", — deydi Markaziy bank raisi.

 

U, shuningdek, valyutadagi muddatli omonatlardagi kamayishni o‘tgan yilgi geosiyosiy vaziyat bilan bog‘lagan. Yaʼni, Nurmuratovning taʼkidlashicha, urush boshlangandan buyon 60 mingdan ortiq norezidentlar o‘zbek banklarida hisobvaraqlar ochgan va ularning mablag‘lari 892 mln.dollar atrofida. Bu jami chakana depozitlarning (6 mlrd.dollar) qariyb 15 foizi degani.

 

"Shuning hisobiga talab qilib olinguncha valyutadagi depozitlarimizda o‘sish kuzatilgan edi", — deydi Nurmuratov. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика