1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizasini soddalashtirish ishlari boshlangan

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqov viza rejimini yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizasini soddalashtirish ishlari boshlangan

 

 

O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasini olish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Bu haqda O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqov “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalishda izchil ishlar olib borilmoqda, biroq tezkor natijaga erishish oson emas.

 

Elchining so‘zlariga ko‘ra, AQSHga vizasiz rejim joriy etilishi uzoq muddat talab qiladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki viza siyosati, avvalo, Amerika hukumatining ichki qarorlariga bog‘liq. Shunga qaramay, rasmiy Toshkent nafaqat AQSH, balki Braziliya, Kanada va boshqa qator davlatlar bilan ham O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz safar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

 

Furqat Siddiqov bugungi kunda O‘zbekiston–AQSH munosabatlari tarixiy darajada mustahkamlanganini qayd etdi. Uning aytishicha, so‘nggi bir yil ichida ikki davlat prezidentlari o‘rtasida to‘rt marotaba muloqot bo‘lib o‘tgan. Telefon suhbatlari va Nyu York hamda Vashingtondagi uchrashuvlar natijasida keng qamrovli kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, bu AQSHning O‘zbekistondagi islohotlarga va mamlakat salohiyatiga bo‘lgan yuqori e’tiborini ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, elchi 2026-yil yanvar oyi oxiridan boshlab O‘zbekistonda AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha bo‘lgan vizasiz rejim joriy etilishini ma’lum qildi. Ushbu qaror natijasida Amerikadan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar soni bir necha barobarga oshishi kutilmoqda. Avvalroq AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartib 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика