Bu yil Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt-besh kun dam oldi.
Hujjatda haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24-aprel (dushanba) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘lishi aytilgan.
Bundan tashqari, 2023-yilda haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni 29-aprel, shanba kunidan 24-aprel, dushanba kuniga ko‘chirildi.
Bu yil O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlandi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Ramazon hayitini nishonlash 22-aprelga to‘g‘ri keladi.
Prezident 2021-yil fevral oyi boshida «O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, asosiy bayram kunlarida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam oladi.
Shu tariqa, Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam olishi mumkin:
2023-yil 22-aprel (shanba) - bayram kuni (hali rasman tasdiqlanmagan);
2023-yil 23-aprel (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
2023-yil 24-aprel (dushanba) - qo‘shimcha dam olish kuni.


