1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonliklarni haqoratlagan hindistonlik javobgarlikka tortildi

Unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

O‘zbekistonliklarni haqoratlagan hindistonlik javobgarlikka tortildi

 

Hindistonda tug‘ilgan shaxs O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining kiberxavfsizlik markazi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Indorama agro” MCHJ viloyat IIBga murojaat qilib, Tyelegram messenjiridagi guruhda “Rahul” nomli foydalanuvchi ingliz tilida ishchi xodimlarini haqorat qilib, bir qancha ishchilarning e’tirozlarga sabab bo‘lganligini bildirlib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. 

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Telegram messenjerida xaqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Xindiston davlatida tug‘ilgan hozirda “Indorama agro” MCHJda ishlovchi xodimi K.R. ekanligi aniqlangan.

 

K.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика