Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i Muhammadnazar Qayumov bugungi juma namozida o‘zbekistonliklar sentyabr oyining oxiridan Umra ziyoratiga borishlari mumkinligi haqida xabar berganligi aytilmoqda.
Biz bu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Musulmonlar idorasi vakili bilan bog‘landik. U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar asossiz ekanini, hozirda jarayonga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, biroq, qachonligi aniq emasligini ta’kidladi.


