O‘zbekistonning asal yetishtirish hajmi 6,3 foizga oshdi. 2023-yilda jami 15,6 ming tonna asal yetishtirilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ulush Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekistonda 2023-yilda yetishtirilgan asal miqdori 2022-yilga nisbatan 6,3 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilda O‘zbekistonda 15,6 ming tonna asal yetishtirilgan. Asal yetishtirish hajmi 2022 yilga nisbatan solishtirilganda 6,3 foizga oshgan. Quyida hududlarda yetishtirilgan asal hajmi keltirilgan:
Qoraqalpog‘iston – 876,4 tonna;
Andijon viloyati – 1,3 ming tonna;
Buxoro viloyati – 2,4 ming tonna;
Jizzax viloyati – 1,3 ming tonna;
Qashqadaryo viloyati – 1,5 ming tonna;
Navoiy viloyati – 1,2 ming tonna;
Namangan viloyati – 1,2 ming tonna;
Samarqand viloyati – 1,3 ming tonna;
Surxondaryo viloyati – 954,9 tonna;
Sirdaryo viloyati – 403,7 tonna;
Toshkent viloyati – 599,2 tonna;
Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna;
Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna.


