1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 26,5 milliard AQSH dollariga yetdi

Qarz miqdori 2021 yil davomida qariyb 3 milliard dollarga oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 26,5 milliard AQSH dollariga yetdi

 

Davlat qarzi qoldig‘i 2022-yilning 1-yanvar holatiga 26,3 milliard AQSH dollariga yetdi.

Bu haqda 2021-yil uchun O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida keltiriladi.

 

Mazkur summadan davlat tashqi qarzi — 23,6 milliard AQSH dollari, davlat ichki qarzi — 2,7 milliard AQSH dollari yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 38,0 foizni tashkil etdi.

 

Qayd etilishicha, davlat qarzining YAIMga nisbati 2021-yil boshida 39 foizdan 2022--yilning 1-yanvar holatiga 38 foizgacha pasaydi.

 

Davlat qarzi 2021 yil davomida 2,9 milliard dollarga oshgan bo‘lsada, AQSH dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, yaʼni 9,4 milliard dollarga o‘sganligi tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.

 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda “moʻtadil” darajada hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика