O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroilda bo‘lgan fuqarolarga tez va masofadan turib konsullik ro‘yxatidan o‘tishni so‘radi. Konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarga murojaat qilib, anketani belgilangan shaklda to‘ldirishni so‘ragan. > "Ushbu ma’lumot favqulodda vaziyatlarda tez yordam ko‘rsatish uchun muhimdir", — deyiladi elchixona xabarida. Bundan tashqari, shahar ma’muriyatlari tomonidan evakuatsiya va yashash joyidagi o‘zgarishlar, favqulodda konsullik va yuridik yordam ko‘rsatish ishida o‘z vaqtida hisobga olish uchun yangi aloqa ma’lumotlari haqida xabar berish so‘ralgan. Konsullik bo‘limining aloqa raqamlari: 03-672-2466 03-672-2371 03-758-5075 03-758-5076 054-485-1397 Avvalroq Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilishi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi haqida ma’lum qilingandi.