Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari, Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha muzokaralar guruhi rahbari B.Obidov O‘zbekistonning tashkilotga aʼzo bo‘lishi doirasida JSTga aʼzo davlatlar bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Jenevaga tashrif buyurdi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini yana-da jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


