O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari va chet el vayutasidagi boshqa aktivlari 1-avgust holatiga ko‘ra, 33,72 mlrd dollardan 33,64 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 1-avgust holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 33,64 mlrd dollarni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich joriy yil boshida 35,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Jumladan, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari tarkibida oltinning ulushi 12,1 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga, qiymati esa 23,08 mlrd dollardan 23,02 mlrd dollarga pasaygan.
Shuningdek, zaxiralarning xorijiy valyuta qismi ham 9,57 mlrd dollardan 9,56 mlrd dollarga kamaygan.


