1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Diplomatik vakolatxona Jinoyat kodeksi 154-moddasiga ko‘ra “yollanish” harakatini sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishini eslatib o‘tgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

 

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni yana bir bor xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli deb eʼtirof etilmaydi. O‘zbekiston prezidenti farmoni eʼlon qilingan kundan boshlab O‘zbekiston fuqaroligi bekor qilinadi.

 

Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona Jinoyat kodeksi 154-moddasiga ko‘ra “yollanish” — xorijiy davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o‘tgan.

 

Elchixona Jinoyat kodeksi yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etgani to‘g‘risida xolis maʼlumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. 

 

Elchixona o‘zbekistonliklarni daʼvatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика