1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi faoliyatini rasman boshladi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Saudiya Arabistoni TIVda ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi faoliyatini rasman boshladi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining protokol masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulmajid as-Sammariyga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

 

Tashqi siyosat mahkamasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Abdulmajid as-Sammariy ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

 

Uchrashuv yakunida saudiya Arabistoni TIV rahbarining o‘rinbosari elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirish borasidagi masʼuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика