Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, 6 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd AQSH dollari va import 17 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.


