O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-may oylarida 25,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd AQSH dollariga yoki 25,4 foizga oshgan. Qayd etilishicha, 5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSH dollari va import 15,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.


