O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlangan Kamol Muxtorov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Kamol Muxtorov 42 yoshda. U Samarqand davlat universiteti va London diplomatik akademiyasini tamomlagan.
2007-yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yildan buyon O‘zbekiston administratsiyasida masʼul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.
Kamol Muxtorov 2018-2023-yillarda YUNESKOdagi doimiy vakillikni boshqargan va iyul oyida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan Umid Shodiyev o‘rnini egalladi.


