1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

“O‘zbekneftgaz”ga qarashli “zapravka”lar tarmog‘i xususiylashtirilmoqda

Davaktiv agentligi “zapravka”lar tarmog‘ini xususiylashtirishga konsultant jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.

“O‘zbekneftgaz”ga qarashli “zapravka”lar tarmog‘i xususiylashtirilmoqda

 

«UNG Petro» MJCHning 100 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi. Davaktiv agentligi mamlakatdagi eng yirik “zapravka”lar tarmog‘ini xususiylashtirishga konsultant jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi qarashli «UNG Petro» MCHJning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.

 

«UNG Petro» va boshqa davlat ulushi mavjud korxonalarni xususiylashtirish prezidentning 2023 yil 24 martdagi qarori bilan belgilangandi.

 

Maʼlumot o‘rnida, «UNG Petro» MCHJ O‘zbekistondagi eng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i bo‘lib, u “UNG” milliy brendi ostida neft va gaz mahsulotlarini sotadi. Korxonaning chakana savdo tarmog‘iga mamlakat bo‘ylab joylashgan yoqilg‘i va gaz quyish shoxobchalari kiradi.

 

Korxona mamlakatda savdo sohasidagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 568,8 milliard so‘m aylanma bilan 28,2 milliard so‘m soliq to‘lagan.

 

Konsultant uchun tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 11 iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика