1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O’zgidromet” 1-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

Bugun respublikada 25 darajagacha iliq harorat kuzatiladi.

“O’zgidromet” 1-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

 

“Oʻzgidromet” 1-noyabr kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.

 

Unga ko’ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va еrtalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida  havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo’ladi.

 

Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo’ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq bo’ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq bo’ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo’ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o’zgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo’ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика