“O‘zgidromet” 12-noyabr kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdayo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Respublikaing tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent viloyatida kuchli bo‘ladi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.


