1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zgidromet” 19-may uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi

Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti.

“O‘zgidromet” 19-may uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi

 

 “O‘zgidromet” 19-may, juma kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Toshkent viloyatida  havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda  shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan   sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.  Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, baʼzi tumanlarda do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li  hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика